Delegatsiya tarkibida volontyor talabalar jamoasi ham bor boʻlib, ular o‘quvchilarga Koreya POP raqsi, sport mashg‘ulotlari hamda koreys tilini oʻqitish boʻyicha master-klass o‘tkazmoqdalar.Bugun “Koreya madaniyati” haftaligi tadbirlari doirasida Janubiy Koreyaning Dongshin universiteti vakillaridan iborat delegatsiya Xorazm viloyati Urganch shahar 28-son umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Delegatsiya tarkibida volontyor talabalar jamoasi ham bor boʻlib, ular o‘quvchilarga Koreya POP raqsi, sport mashg‘ulotlari hamda koreys tilini oʻqitish boʻyicha master-klass o‘tkazmoqdalar.
Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Xamro Bektemirov delegatsiya a’zolari bilan suhbatlashib, ta’lim sohasida o‘zaro fikr almashdilar.
Ma’lumot uchun, delegatsiyaning navbatdagi manzili ertaga Urganch shahridagi 30-son umumta’lim maktabiga rejalаshtirilgan.