Avval xabar berganimizdek, 2–11-mart kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida ilk bor Eshitishida nuqsoni bo’lganlar о‘rtasida Taekvondo bo’yicha Osiyo chempionati bо‘lib о‘tmoqda.
Unda O'zbekiston sharafini himoya qilgan 13 nafar sportchi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.
Ushbu Osiyo chempionati g'oliblarining 8 nafari Toshkent shahridagi 101-sonli eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o'quvchilaridir.